2025-yil 8-dekabr — Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun haftaning dushanba kuniga toʻgʻri keladi.
Shu sababdan, Konstitutsiya kuni arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
– 6-dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;
– 7-dekabr (yakshanba) – dam olish kuni;
– 8-dekabr (dushanba) – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.
– 9-dekabr (seshanba) – barchaga ish kuni.
