Dars va sessiyaga tayyorgarlik uchun TOP-10 neyrotarmoq

Dars va sessiyaga tayyorgarlik uchun TOP-10 neyrotarmoq

HEPI tadqiqotiga ko‘ra, o‘n talabadan to‘qqizi allaqachon generativ AI’dan foydalanadi, ya’ni sun’iy intellektdan. Nature jurnalining meta-tahliliga ko‘ra, bunday talabalar bahosini besh ballik tizimda bir ballga oshirishga erishgan.

 

Neyrotarmoqlar allaqachon “kelajak texnologiyasi”dan amaliy, vaqt, pul va asabni tejaydigan kundalik o‘quv vositasiga aylandi. Ushbu maqolada SI’dan o‘qishda qanday foydalanish mumkinligi haqida gaplashamiz!

 

Izoh: SI – sun’iy intellekt atamasini qisqartmasi (AI – artificial intelligence).

 

Nega AI’dan sessiyaga tayyorgarlikda foydalanish kerak?

 

Sessiyaga tayyorlanishni qiyinlashtiradigan ikkita asosiy sabab bor:


– vaqt yetishmasligi

 

tartibsiz bilimlar.

 

AI esa ikkalasini ham hal qiladi.

 

  • Bir necha soniyada shpargalka, savolga reja yoki mavzu bo‘yicha qisqa konspekt ishlab beradi — kitoblar ichiga “sho’ng’ish” shart emas.

  • O‘qituvchining konsultatsiyasidan oldin bilimlaringizdagi bo‘sh joylarni topib beradi.

  • Kechqurun, tun yarmida yoki imtihonga yarim soat qolganda ham yordam beradi — AI har doim “onlayn”.

  • Real imtihon chiptalari asosida sizni sinovdan o‘tkazadi, zaif joylaringizni aniqlab beradi — imtihonga kirishdan oldin “mini-versiya”ni o‘tasiz.

 

AI faqat o‘qish sifatini oshirmaydi, balki tashvishni kamaytiradi — imtihondan oldingi asosiy holat endi vahima emas, balki ishonch bo‘ladi.

 

O‘qish uchun TOP-10 neyroset

 

1. ChatGPT (OpenAI)

 

Hozir ham eng ko‘p tashrif buyuriladigan AI xizmati: oyiga 5,19 milliard tashrif. Asosiy versiya bepul, GPT-4o ishlaydigan Plus tarifi esa oyiga 20$.

 

Eng yaxshisi — role play rejimi: botdan “qattiq imtihonchi” rolini so‘rang va kurs rejasini bering — 5 daqiqada xatolaringizni ko‘rsatadigan mini-imtihon qildiradi.

 

OpenAI, maker of ChatGPT, moves to for-profit business structure - National | Globalnews.ca

 

2. Claude 3 (Anthropic)

 

Oyiga 18,9 million foydalanuvchi. Bepul tarifi bor, lekin kuchli ishlar uchun pullik ta’riflar kerak bo‘ladi:

 

  • Pro — oyiga 20$

  • Team — 30$

  • Max — 200$

 

Talabalar uchun eng foydali funksiyasi — deep dive rejimi. Konspektni yuklang, Claude uni besh asosiy tezisga siqib beradi va uchta murakkab savol qo‘shadi.

 

Anthropic's Claude 3: Is it Better Than GPT-4? - EnDevSols

 

3. Gemini (Google)

 

Atigi bir yil oldin chiqqaniga qaramay, 400 mln foydalanuvchiga ega. Flash — bepul, Advanced tarifi (19,99$) — 1.5 Pro modeli + 2 TB bulut saqlash joyi.

 

Gemini’ning yutug‘i:

 


Mavzu bo‘yicha qisqa qo‘llanma yig‘ib, faqat ilmiy maqolalardan manba tanlab beradi.

 

Google Gemini AI launches in new app, subscription

 

4. Perplexity AI

 

O‘zini reklamasiz qidiruv tizimi sifatida tanitadi. 2025 yil martda oyiga 160 mln tashrif qayd etilgan.

 

Bepul rejim bor. Pro — oyiga 20$: GPT-4o, Claude 3 Sonnet va cheksiz fayl yuklash imkoniyati. Hatto PDF darslikni yuklab, formulalar va kartochkalarni chiqarib beradi.

 

What Is Perplexity AI and How Does It Work? | Extremetech

 

5. Quizlet + Q-Chat

 

Oyiga 60 mln foydalanuvchi. Plus tarifi — 7,99$.

 

Q-Chat neyrotarmog‘i mavzuni takrorlashni real suhbatga aylantiradi — to‘g‘ri javobni ketma-ket uch marta aytmaguningizcha qayta so‘rayveradi.

 

Quizlet Launches 'Q-Chat,' AI Tutor Built with OpenAI API

 

6. Khanmigo (Khan Academy)

 

Avval sinov edi, hozir esa oyiga 1,4 mln foydalanuvchiga ega. O‘qituvchilarga bepul, talabalar uchun oyiga 4$. Eng kuchli funksiyasi — murakkab mavzuni bosqichma-bosqich tushuntirish. Masalan, “integrallarni 10-sinfga tushuntir” desangiz, savollar orqali sizni asta-sekin mavzuga olib kiradi.

 

KhanMiGo

 

7. Notion AI

 

Dunyo bo‘yicha 100 mln foydalanuvchi. AI qo‘shimchasi oyiga 10$.

 

Eng foydali imkoniyati — avto-sammari: katta matndan faqat kerakli qismlarni ajratib, “suvsiz”, toza konspekt qilib beradi.

 

Notion AI: Amazing Tool to Boost Your Productivity

 

8. Grammarly Pro

 

Har kuni 30 mln foydalanuvchi. Pro — oyiga 12$.

 

Esse, kurs yoki diplom uchun ideal:

 


Matnni akademik uslubga moslaydi, uslubni saqlab turadi, anti-plagiat ham tekshiradi.

 

Media Assets | Grammarly

 

9. GitHub Copilot

 

Oyiga 15 mln foydalanuvchi.

 

“Bubble sort funksiyasi, har bir bosqichni hisobga ol” deb yozing — bir zumda kod + tushuntirish olasiz.

GitHub Copilot and AI for Developers: Potential and Pitfalls - Cloudforce

 

10. Elicit

 

2 mln kishidan foydalanadigan tezkor “adabiyotlar sharhlovchi robot”.

 


Bepul rejim bor, Plus (12$) — yiliga 600 ta PDF yuklash, Pro (49$) — PRISMA hisobotlari.

 

Savol yozing — bir daqiqada 10 ta yangi ilmiy maqola tahlili bilan jadval qilib beradi.

 

Elicit | Centre for Teaching and Learning

 

AI yordamida baholarni qanday yaxshilash mumkin?

 

1. Har bir mashg‘ulot uchun aniq maqsad qo‘ying

 

So‘rov kiritish uchun misol:

Sening roling — makroiqtisodiy omillar bo‘yicha qattiqqo‘l imtihonchi. Menga 5 ta savol ber, javoblarimni 1–10 ball bilan bahola va yaxshilashga tavsiyalar ber.

 

2. Tayyor javobni bermaslikni so‘rang

 

So‘rov kiritish uchun misol (prompt):

Tayyor yechimni aytma. Men o‘zim to‘g‘ri javobga yetib borishim uchun savollar bilan yo‘naltir.

 

3. Shpargalka va mental xarita (mind-map) yarating

 

So‘rov kiritish uchun misol (prompt):

 

  • Perplexity:
    “Yuklangan PDF asosida ‘global makroiqtisodiy omillar’ va ‘ichki omillar’ bo‘limlari bilan mind-map yarat.”

  • Notion AI:
    “Hujjatdan eng muhim jihatlarning qisqa konspektini chiqar.”

 

4. Neyrosetni suhbatdoshga aylantiring

 

So‘rov kiritish uchun misol (prompt):

Sen — matematika assistenti. ∫x²e³ˣdx integralini hisoblashda qaysi usulni tanlashim haqida mendan so‘ra. Agar to‘xtab qolsamgina yordam ber.

 

5. O‘quv jadvalini tuzdiring

 

So‘rov kiritish uchun misol (prompt):

25 iyunda makroiqtisod, 28 iyunda statistika topshiraman. Har kuni 3 soatim bor. Inflyasiya va statistik tahlilda muammom bor. Shu asosda kunlik reja tuz va har oqshom uni yangilab bor.

 

Sessiyani AI bilan muvaffaqiyatli topshirish siri

 

Vaqt boshqaruvi

 

  • Pomodoro: 25 daqiqa ChatGPT bilan ishlash, 5 daqiqa dam.

  • Tez “switching”: har mashg‘ulotdan keyin ozgina jismoniy mashq.

 

AI’ga to‘liq suyanmang

 

“60–40” qoidasiga amal qiling:


60% — AI bilan (sun’iy intellekt),
40% — mustaqil.


Bu tanqidiy fikrlashni saqlaydi.

 

Kundalik refleksiya

 

ChatGPT’ni coach (ustoz) roligiga qo‘ying: “Bugun nimalarni o‘rgandim, ertaga nimalarni yaxshilashim kerak?” – bu stressni kamaytiradi va rejalashtirishni osonlashtiradi.

 

AI siz uchun imtihonni topshirmaydi — bu insofsizlik bo‘ladi. Lekin u samarali tayyorgarlik ko‘rishingizga yordam beradi:

 


– mavzuni tez yoritadi,

– murakkab bilimni tushuntiradi,

– shpargalka tayyorlaydi

– bilimlaringizni tekshiradi.

 

Qiyin imtihon ortda qolgach esa, bemalol hordiq chiqarib, yozgi amaliyot uchun yaxshi joy tanlash mumkin!