Ertadan biologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi

Ertadan biologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi

Biologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 5-6-dekabr (juma-shanba) kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Imtihonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi tartibda 2 smenada tashkil etiladi:

 

5-6 dekabr kunlari

 

1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi.

 

2-smenada soat 12:00 dan 13:30 gacha kiritiladi.

 

Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

 

Avvalroq, biologiya va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 29-30-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tgan edi. Unda ishtirok etishi belgilangan 37 222 nafar talabgordan 260 nafari qatnashmagan va 22 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun chetlatilgan.

 

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining ‘‘Mening arizalarim’’ bo‘limidan olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

 

Ma’lumot uchun, natijalar tegishli fanlardan imtihonlar to‘liq yakunlangach, yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.