Quyidagi pedagoglarga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi

Quyidagi pedagoglarga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi

Hukumatning 2025-yil 24-noyabrdagi tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.

 

Unga koʻra, quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

 

– xalqaro hamda respublika bosqichida 3-oʻrinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi;

 

– xalqaro hamda respublika bosqichida 2-oʻrinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi;

 

– xalqaro hamda respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi.

 

Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar-rejalariga kiritiladigan, shuningdek, respublika hududida oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari roʻyxatiga kiritilgan sport musobaqalarining:

 

– xalqaro hamda respublika bosqichida 3-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi;

 

– xalqaro hamda respublika bosqichida 2-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi;

 

– xalqaro hamda respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi.

 

Jismoniy tarbiya fani olimpiadasi, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

 

– respublika bosqichida 3-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi;

 

– respublika bosqichida 2-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi;

 

– respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi.

 

Shuningdek, xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida:

 

– oltin, kumush yoki bronza medalni (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinni) qoʻlga kiritgan sovrindor oʻquvchini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi.

 

Avvalroq, ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻonaga oshirilishi haqida xabar bergan edik.