Hukumatning 2018-yil 15-avgustdagi «Davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 666-sonli qarorining 8-bandiga binoan, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlar shim kiyishlari mumkin.
Ushbu qarorga ko’ra, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.
Nimalar mumkin emas?
Oʻquvchilar taʼlim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy oʻrta taʼlim dunyoviy xaraktyerga egaligi munosabati bilan oʻquvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida:
– oʻgʻil bola oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qoʻygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun boʻlgan va yorqin ranglarga boʻyagan holda kelishlariga;
– qiz bola oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga boʻyagan, yuzini koʻzga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulogʻiga bittadan ortiq sirgʻa taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qoʻl tirnoqlarini boʻyagan va uzun qilib oʻstirgan holda kelishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
