Ma’lumki, imtihon oldi abituriyentlarda qo‘rquv, hayajon bo‘lishi tabiiy holat. Bir necha kun avval, “Ta’limga oid TOP 5 filmlar” haqida ma’lumot bergan edik. Bu galgi materialimiz sizga imtihon oldidan, haqiqiy motivatsiya berishi shubhasiz.
4. “Imtihon” (Exam) 2009
Rejissyor: Stuart Hazeldine
Agar siz hech narsa aniq bo‘lmagan, lekin juda qiziqarli trillerlarni yoqtirsangiz, unda “Imtihon” filmi siz uchun. O‘zingiz tasavvur qiling-a, bir guruh odamlar sharti hech kimga tushunarsiz bo‘lgan muammoni hal qilish uchun yuborilgan xonaga qamab qo‘yilgan.
Insoniyat yaralibdiki uni qarshisida jumboqli savollar ko‘ndalang turaveradi yoki buni aynan o‘zlari yaratib olishadi. Shunchaki bu oyda ko‘pchilikni “Imtihon” lari borligi uchun ramziy ma’noda ham tushunish mumkin.
Filmning barcha asosiy harakatlari bir joyda sodir bo‘ladi, lekin voqealar rivoji sizni zeriktirmaydi. Har daqiqada harorat ko‘tariladi.
3. “Uch savdoyi” (3 idiots) 2009
Rejissyor: Rajkumar Hirani
Ushbu film o‘zbek auditoriyasi uchun yaxshi tanish. Kino komedik janrda olingan bo‘lsa-da, nihoyatda dolzarb muammoni ko‘rsatib berishgan.
Kinodagi 3 ta qahramon ham ajoyib komedik rollari orqali hayotdagi achchiq haqiqatlarni ochib bergan.
2. “Baxt ortidan” (The Pursuit of Happyness) 2006
Rejissyor: Gabriele Muccino
Filmda mahoratli aktyor Uill Smit bosh ro‘lni ijro etgan. Filmda u va uning yosh o‘g‘li hayotning qiyinchiliklarini yengishga harakat qilishadi.
Film qiyinchiliklarga qaramay, orzularini amalga oshirishga harakat qilgan kishining hayotidan hikoya qiladi.Filmda hayotning qiyinchiliklarini va ularni yengish uchun qilingan urinishlar realistik tarzda tasvirlangan.
Umuman olganda, “Baxt ortidan” – bu ilhomlantiruvchi va ta’sirli film. Filmni tomosha qilgandan so‘ng, siz hayotning qiyinchiliklarini yengishga va orzularingizga erishishga kuchliroq istak bilan to‘lasiz.
1. “Qat’iyat” (Whiplash) 2014
Rejissyor: Damien Shazell
Film musiqa maktabida o‘qigan yosh barabanchi va uning o‘qituvchisi o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlaydi.
J. K. Simmons va Miles Teller o‘zlarining rollarini ajoyib tarzda ijro etishgan. Simmonsning ijrosi juda ta’sirli va dahshatli, Teller esa o‘z qahramonining ruhiy va jismoniy jihatdan charchagan holatini realistik tarzda tasvirlaydi.
Filmda musiqa va suratga olish juda yaxshi tanlangan. Musiqa filmning kayfiyatini kuchaytiradi va suratga olish juda dinamik va hayajonli.
Qat’iyat – bu ajoyib dramatik film. Filmda ajoyib aktyorlar ijrosi, qiziqarli syujet va musiqa mavjud. Film sizga imtihon oldidan yetarlicha motivatsiyaga ega bo‘lishingizni kafolatlaydi.