Matematika, kimyo va geografiyadan milliy sertifikat sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish 5-dekabrda yakunlanadi

Matematika, kimyo va geografiyadan milliy sertifikat sinovlariga ro‘yxatdan o‘tish 5-dekabrda yakunlanadi

Xabaringiz bor, umumta’lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar sanasi e’lon qilingan.

 

5-dekabr matematikakimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun ro’yxatga olishning oxirgi kuni. To’lovlarni esa 6-dekabrgacha amalga oshirish lozim.

 

Test sinovlari 27-28-dekabr kunlari bo‘lib o‘tsa, natijalar 2026-yil 28-yanvar kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

 

Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

 

Avvalroq, biologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 5-6-dekabr (juma-shanba) kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.