Xabaringiz bor, 2025-yil 1-3- va 8-9-noyabr kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tgan edi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, imtihon natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 21 ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan.
Imtihon natijalari 9-dekabrda e’lon qilinadi.
Avvalroq, 2025-yil 2-yarim yillikning ingliz, nemis, arab, fransuz, turk, yapon (B2, C1), fors (B2, C1) va hindiy (B2, C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 13-14-dekabr kunlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
