Kuzgi attestatsiyada olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi?

Kuzgi attestatsiyada olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (17.09.2021-yildagi 572-son) qarorida belgilangan nizomning 47-bandida attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta oʻqituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning roʻyxati tasdiqlanishi belgilangan.

 

Roʻyxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar  vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi.

 

Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra, malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga koʻra malaka toifasi (lavozimi) tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

 

Pedagog kadrlar davlat xizmatlari markaziga borish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida joylashgan shaxsiy kabinetiga kirish orqali elektron shakldagi sertifikatni yuklab olishi mumkin.

 

Nizomning 48-bandiga ko’ra, pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

 

Avgust-dekabr oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 30-noyabr hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, 1-dekabrdan boshlab bir oy ichida sertifikatlar generatsiya qilinishi kerak.