Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi 1989-yil 1-dekabrda berilgan, shuning uchun bu kun har yili Qoraqalpoq tili kuni sifatida nishonlanadi.
Qoraqalpoq tili — turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, unda taxminan 1 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu til Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tili hisoblanadi.
Qoraqalpoq tili O‘zbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining rasmiy tili sanaladi va bu borada maxsus qonun ham qabul qilingan. Ushbu qonunga ko‘ra, qoraqalpoq tili Qoraqalpog‘iston hududining barcha hududlarida davlat tili sifatida qo‘llanishi belgilangan.
Qoraqalpoq tili turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub bo‘lib, qozoq va no‘g‘ay tillari bilan birga qipchoq tillarining qipchoq-no‘g‘ay kichik guruhini tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida (o‘zbek tili bilan bir qatorda) davlat tili maqomiga ega. Asosan Qoraqalpog‘istonda, shuningdek Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog‘iston va Turkmanistonning unga tutash hududlarida, shuningdek Rossiya Federatsiyasi va Afg‘onistonning ayrim joylarida tarqalgan. O‘tgan asrning 1990-yillar o‘rtalarida qoraqalpoq tilida so‘zlashuvchilar soni 883 ming nafarga yaqin deb qayd etilgan.
Qoraqalpoq tili asosiy ikki lahjaga bo‘linadi: shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy lahjalar. Ular fonetik jihatdan o‘zaro farqlanadi. Adabiy qoraqalpoq tili 20-asrning birinchi yarmida shimoli-sharqiy lahja asosida shakllangan.
Qoraqalpoq tilining o‘ziga xos fonetik va morfologik xususiyatlari mavjud. Masalan, unlilar ohangdoshligi — singarmonizm kuzatiladi: atlarımız (otlarimiz), kunler (kunlar). Umumturkiy ch undoshi sh bilan, sh esa s undoshi bilan almashadi: qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ba’zi so‘zlarda g‘ o‘rniga v, g o‘rniga y tovushi ishlatiladi: tav (tog‘), tiy (teg). Qoraqalpoq leksikasida umumturkiy so‘zlar bilan bir qatorda arab, eroniy va rus tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalar ham anchagina.
Qoraqalpoq tili yozuvi dastlab 1924-yilda isloh qilingan arab grafikasi asosida shakllantirilgan. 1929–1940-yillar davomida lotin grafikasi asosidagi qoraqalpoq alifbosi qo‘llangan, 1940-yildan boshlab esa rus grafikasi asosidagi kirill alifbosi joriy etilgan. 1999-yildan boshlab lotin grafikasi asosidagi yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tish ishlari amalga oshirilmoqda.
| A a | Á á | B b | D d | E e | F f | G g |
| Ǵ ǵ | H h | X x | Í ı | I i | J j | K k |
| Q q | L l | M m | N n | Ń ń | O o | Ó ó |
| P p | R r | S s | T t | U u | Ú ú | V v |
| W w | Y y | Z z | C c | Sh sh | Ch ch |
Qoraqalpoqlar hozirda asosan lotin alifbosidan foydalanadi. Tarixiy jarayon quyidagicha:
-
1924–1928 yillar: arab alifbosi
-
1928–1940 yillar: lotin alifbosi
-
1940–1994 yillar: kirill alifbosi (1957-yilda isloh qilingan shakli tasdiqlangan)
Kirill qoraqalpoq alifbosi:
| A a | Ә ә | B b | V v | G g | Gʻ gʻ | D d | Ye e | Yo yo |
| J j | Z z | I i | Y y | K k | Q q | L l | M m | N n |
| Ң ң | O o | Ө ө | P p | R r | S s | T t | U u | Ү ү |
| Oʻ oʻ | F f | X x | H h | Ts s | Ch ch | Sh sh | Щ щ | Ъ ʼ |
| I i | E e | Yu yu | Ya ya |
-
1994-yildan keyin: lotin alifbosi asosidagi yangi qoraqalpoq alifbosi tasdiqlandi.
Keyingi yillarda alifbo bir necha bor qayta ko‘rib chiqildi, diakritik belgilar o‘rniga digraflar va apostrofli harflar kiritildi. So‘nggi o‘zgarishlar 2016-yilda amalga oshirilgan.
