AQSH elchixonasida talabalar uchun 6 oylik amaliyot dasturi — Foreign National Student Internship Program

AQSH elchixonasida talabalar uchun 6 oylik amaliyot dasturi — Foreign National Student Internship Program

AQShning Toshkentdagi elchixonasi Boshqaruv bo’limining Inson resurslari boshqarmasi (HRO) boʻlimida (Human Resources Office (HRO) of the Management Section)  6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi taqdim etiladi.

 

Amaliyot dasturi yarim kunlik boʻlib, haftasiga 20 soatni (dushanbadan jumagacha) tashkil qiladi.

 

Dasturdan asosiy maqsad qobiliyatli yoshlarni jalb qilish va dasturga qiziqqanlarga xalqaro tashkilotda ishlash kabi ajoyib imkoniyatni taqdim etishdan iborat. Dastur davomida amaliyotchilar oʻzlaridagi mavjud bilimlarni yanada oshirishadi hamda yuqori darajada malakali insonlardan iborat jamoada ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

 

Ushbu amaliyot dasturining maqbullik shartlari qanday?

– AQSh fuqarosi boʻlmagan va hozirda Oʻzbekistonda qonuniy istiqomat qiluvchi bakalavriat bosqichining 1-3-kurs talabalari qatnashishi mumkin;

 

– ishtirokchilar 18 yosh yoki undan yuqori boʻlishi shart;

 

– nomzod oʻrta maktab yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtini tamomlagan va joriy taʼlim muassasasida yuqori akademik koʻrsatkichlarga erishgan boʻlishi lozim;

 

–  ingliz tilini bilish qatʼiy talab, oʻzbek va/yoki rus tillaridan birini yaxshi bilish kerak;

 

– Nomzod kompyuter/internet va mijozlarga xizmat koʻrsatish koʻnikmalarini yaxshi egallagan boʻlishi lozim.

 

Amaliyotchining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

 

  • HR ma’lumotlarini qayta ishlashda va ofisga xos elektron jadvallarga kiritishda yordam berish;

  • Xodimlar yozuvlarini tuzish, yuritish va yangilash;

  • Samarali hujjatlashtirish va arxivlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Pochta va hisobotlarni saralash va tarqatish;

  • HR ofis tadbirlarini tashkil etishda yordam berish;

  • HR intervyulari, taqdimotlari va tadbirlar uchun uchrashuvlar va konferensiya xonalarini rejalashtirish;

  • VARlarni tayyorlash va zarur hollarda intervyu/tadbirlarga tashrif buyuruvchilarni kuzatib borish;

  • Har doim maxfiylik va yuqori darajadagi halollikni saqlash;

  • Bo’lim tomonidan tayinlangan boshqa vazifalarni bajarish.

Ushbu amaliyotdan talabalar qanday foyda olishlari mumkin?

 

– Dasturda bepul qatnashish mumkin;

–  amaliyоt yakunida sertifikat beriladi;

– xalqaro tashkilotda noyob ish tajribasiga ega boʻlish imkoniyati;

–  turli tadbirlarida faol ishtirok etish orqali ingliz tili koʻnikmasini oshirish va tadbirlarni rejalashtirish/dasturlarni boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.

Hujjat topshirish

 

Dasturda qatnashishni istaganlar quyidagi talab qilingan hujjatlarni TashkentRecruitment@state.gov elektron manziliga yuborishlari kerak:

 

–  Ariza shakli;

–  passport nusxasi;

– oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotganini tasdiqlovchi hujjat;

–  hozirgi oʻqish joyidan akademik transkriptlar;

–  tavsiyanoma va sertifikatlar (ixtiyoriy).

 

Muhim: Emailning sarlavha qatoriga FNSIP 2025/04 – “HR Internship Program” deb yozish kerak. Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.