Maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi bilan qaysi lavozimlar qisqaradi?

Maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi bilan qaysi lavozimlar qisqaradi?

Xabaringiz bor, Prezidentning “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimini har bir umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga 1 ta shtat birligida ajratish hisobiga boʻshaydigan 3 400 ta shtat birliklari hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.

 

2025-yil 1-oktyabrdan boshlab, maktablarda faqat 1 stavkada ishlaydigan oʻrinbosarlar qoladi.

 

1 stavkadan ortiq boʻlgan deganda nima nazarda tutilgan?

 

Masalan, bir maktabda 2.5 stavka maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari shtati boʻlsa, uning 1.5 stavkasi qisqaradi. Maktabda oʻquvchilar sonidan qatʼiy nazar faqat 1 stavka maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻladi.

 

Avvalroq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadigan maktablar roʻyxatini bergan edik. Shunga nazar tashlaydigan boʻlsa, maktabda 2.5 stavka maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlsa, ularning 1.5 stavkasi qisqartiriladi.

 

Shuningdek, maktablarda MMIBDO‘lari 1 (bir) shtat birligida ajratilishi belgilanganligi haqida xabar bergan edik.