Hukumatning 2025-yil 24-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 740-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ‘‘Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy Reglamentiga’’ oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan,
v) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
‘‘stajyor-oʻqituvchi va stajyor-tarbiyachilar, shuningdek psixologlar bir yilga ishga qabul qilinadilar, muddat yakunlangandan soʻng, faqat kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda oʻqituvchi yoki mos ravishda psixolog tarbiyachi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi;
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb topilgan, 2026-yildan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi lavozimiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-tarbiyachilar va maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologlari, 2027-yildan boshlab esa pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, lavozimiga muvofiq emas deb topilgan, pedagog kadrlar ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi’’.
Qaror bilan tanishish – PDF fayl
