Ta’lim tashkilotlarini qo‘riqlash uchun “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi

Ta’lim tashkilotlarini qo‘riqlash uchun “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi

Prezidentning 2025-yil 29-noyabrda “Ichki ishlar organlarining qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–360-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, departamentga qoʻriqlanadigan obyektlarga oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat koʻrsatish huquqi beriladi.

 

Mahallalarda qoʻriqlash boʻlinmalariga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida kriminogen vaziyat ogʻir hududlardagi mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga qoʻriqlash xizmati inspektori lavozimi kiritiladi.

 

Kriminogen vaziyati ogʻir hududlarda, turistik infratuzilma obyektlarida hamda ommaviy dam olish joylarida Departamentning qoʻriqlash-patrul xizmati naryadlari tashkil etiladi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi:

 

– davlat taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari va xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini shartnoma asosida jismoniy va texnik qoʻriqlash tizimlari orqali taʼminlash;

 

– Departament tomonidan shartnoma asosida taʼlim muassasalariga qoʻriqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish va ularga texnik xizmatlar koʻrsatish.