Attestatsiyasiz, “toʻgʻridan-toʻgʻri” toifa beriladigan oʻqituvchilar tarkibi kengaytirildi

Attestatsiyasiz, “toʻgʻridan-toʻgʻri” toifa beriladigan oʻqituvchilar tarkibi kengaytirildi

Hukumatning 2025-yil 24-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 740-son qarori qabul qilindi.

 

Mazkur qaror bilan pedagog kadrlarga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Unga koʻra:

 

– jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va yoʻriqchilari endilikda nafaqat xalqaro, balki “Besh tashabbus olimpiadasi” va boshqa respublika sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan ustozlarga ham toifalar imtihonsiz beriladi;

 

– maktab va bogʻcha (MTT) ustozlari uchun: 1-oʻrin olgan oʻquvchi uchun — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi), 2-oʻrin olgan oʻquvchi uchun — 1-toifa (yetakchi oʻqituvchi), 3-oʻrin olgan oʻquvchi uchun — 2-toifa (katta oʻqituvchi);

 

Aniq va tabiiy fanlar ustozlari uchun: ​matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (ICHO), biologiya (IBO), informatika (IOI) kabi nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal (oltin, kumush, bronza) olgan oʻquvchini tayyorlagan pedagoglarga toʻgʻridan-toʻgʻri oliy malaka toifasi beriladi.

 

Qaror bilan tanishish – PDF fayl