2025-yilda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tasarrufidagi muassasa va tashkilotlarda 4 477 holatda 27,4 milliard so‘mdan ortiq moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.
Mazkur nazorat tadbirlarida, joriy yilning 9 oyida taʼlim muassasalaridagi mazkur kamchiliklar aniqlanib, toʻliq budjetga qaytarilgan.
Viloyat MMTB korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat sho‘basi bosh mutaxassisi Bahrom Abdumo‘minovning ta’kidlashicha, prokuratura idoralari bilan hamkorlikda 2025-yil sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida 600 dan ortiq maktablardagi 2 762 nafar o‘qituvchilarga berilishi mumkin bo‘lgan ustamalar o‘rganib chiqilgan.
‘‘Natijada, ustamalar noto‘g‘ri tayinlangani aniqlandi. Ushbu tadbirlar orqali 15 milliard 100 mln so‘m miqdordagi byudjet mablag‘lari noqonuniy to‘lanishi oldi olindi’’.
2025-yilning 9 oyi davomida Surxondaryo viloyatida korrupsiya bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqilib, 35 nafar mas’ul xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.
2024-yilda maktab o‘quvchilari tomonidan 71 ta jinoyat 80 nafar o‘quvchilar ishtirokida sodir etilgan bo‘lib, joriy yilda 16 ta jinoyat va 13 nafar ishtirokchiga kamaygan.
Surxondaryo viloyati prokuraturasining qayd etishicha, moddiy javobgar shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilgan 16,5 million soʻmlik kamomad ham undirilgan.
Shuningdek, rahbar kadrlar faoliyatini shaffof baholash maqsadida 72 nafar direktor rotatsiya qilingan, 253 nafar rahbarga intizomiy chora qoʻllanilib,191 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
