Soliq kodeksi 378-moddasida Soliq solinmaydigan daromadlar turlari keltirilgan. Shundan 16-band 2-xat boshida keltirilishicha:
“Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov. Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi”.
Bundan kelib chiqadiki, agar oʻzining, farzandlarining, yigirma olti yoshga toʻlamagan erining (xotinining) taʼlim olishi uchun oylik maoshidan to‘lov qilinsa, daromad solig‘i to‘lanmaydi.
Avvalroq, OTM uchun kontrakt to‘langanda ota-onalarga farzandning yoshidan qat’iy nazar 12 foizlik daromad solig‘idan imtiyoz berilishi haqida xabar bergan edik.
