Eron poytaxtida barcha oʻquv muassasalari havo ifloslanishi sabab yopildi

Eron poytaxtida barcha oʻquv muassasalari havo ifloslanishi sabab yopildi

Eron poytaxti Tehronda havo ifloslanishining kuchayishi sababli rasmiylar maktablar va universitetlarni yopishga hamda masofaviy ishlashni ixtiyoriy ravishda joriy etishga majbur bo‘lgan. Bu chora aholining sog‘lig‘ini himoya qilish va ifloslanish darajasini kamaytirishga qaratilgan deya ta’kidlanadi.

 

Tehron viloyatidagi barcha darslar (Firozkuh tumanidan tashqari) onlayn shaklga o‘tkazilishini ma’lum qilgan, deb xabar berdi Eronning rasmiy IRNA axborot agentligi. Hukumat va xususiy idoralardagi xodimlarga — qutqaruv, sog‘liqni saqlash, operatsion, harbiy va huquqni muhofaza qilish xizmatlari xodimlaridan tashqari — uydan ishlash imkoniyati berildi.

 

Xabarga ko‘ra, banklar cheklangan sonli filiallar orqali ishlaydi. Shahar aholisi taxminan 9 million bo‘lgan Tehronda mashinalar uchun qatnov cheklovlari ertalab 6:30 dan kechki 8:30 gacha amal qiladi. Bu vaqt oralig‘ida shaxsiy avtomobillar shaharning belgilangan hududlariga kira olmaydi.

 

Shuningdek, tez buziladigan mahsulotlar yoki yoqilg‘i tashiydigan yuk mashinalaridan tashqari yuk transportining harakati taqiqlangan. Dushanba kuni Tehronning havo sifati indeksi 170 dan oshgan, bu esa barcha uchun sog‘liq uchun zararli daraja hisoblanadi.