Xabaringiz bor, kecha, 24-noyabr kunidan boshlab 1-guruh fanlari bo‘yicha Asosiy olimpiadaning uchinchi — hududiy bosqichi boshlandi.
Fan olimpiadalari markazi tomonidan kecha bo‘lib o‘tgan olimpiadada qatnashgan o‘quvchilarning hududlar kesimidagi 1-kundagi statistikasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, jami hududiy bosqichga o‘tganlar soni esa 4192 nafarni tashkil etgan. Kechagi olimpiadada Respublikamiz bo‘ylab 3851 nafar (92%) o‘quvchi ishtirok etgan.
Bugun olimpiadaning 2-kuni bo‘lib, quyidagi sinflar kesimida reja-grafik asosida o‘tkaziladi.
— 11-sinf — Biologiya — 10:00 – 11:30 — Test.
— 11-sinf — Matematika — 13:30 – 15:00 — Test.
— 10-sinf — Informatika — 10:00 – 14:00 — Dasturlash.
— 10-sinf — Fizika — 13:30 – 15:00 — Test.
— 10-sinf — Kimyo — 13:30 – 15:00 — Test.
— 9-sinf — Fizika — 10:00 – 13:00 — Yozma ish.
— 9-sinf — Kimyo — 10:00 – 13:00 — Yozma ish.
Eslatma! Jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin auditoriyaga kirish toʻxtatiladi.
Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus @Murojaat_FOM_bot boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon raqamga murojaat qilish mumkin.
‘‘Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning natijalariga ko‘ra adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘riladi’’, – deyiladi Fan olimpiadalari markazi xabarida.

