10-sinf o‘quvchisi nemis tili bo‘yicha xalqaro tanlovda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

10-sinf o‘quvchisi nemis tili bo‘yicha xalqaro tanlovda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Germaniya elchixonasi va GYOTE instituti hamkorligida har yili O‘zbekiston va Tojikiston davlatlarining PASH maktablari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinadigan nemis tilidagi “Ifodali o‘qish” xalqaro tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

Joriy yilning 21-noyabr kuni o‘tkazilgan Respublika bosqichida Buxoro shahridagi 4-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi — Kamilla Botirova nemis tili bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Uning nemis tili bo‘yicha bilimlari GYOTE instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi MMTV mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlangan.

 

Tanlovning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni jonli nemis tili muhitiga yaqinlashtirish, ularning til bilimini mustahkamlash, PASH maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, do‘stona aloqalar va tajriba almashinuvini kuchaytirish, shu bilan birga innovatsion yondashuvlarni ommalashtirishdan iborat.

 

Avvalroq, o‘zbekistonlik talaba qiz Seul shahridagi Yonse (Yonsei University) universiteti tomonidan har yili koreys tili va adabiyoti bo‘yicha o‘tkazilgan 31-xalqaro ijodiy tanlovda umumiy hisobda 3-o‘rinni egallagan edi.