Xorijdan va xususiy universitetlardan imtihonsiz “perevod” qilsa bo‘ladi(mi)?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qaroriga muvofiq, xorij va xususiy universitetlardan davlat OTMsiga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkin.

 

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ushbu masalaga atroflicha tushuntirish bergan. Xabarda keltirilishicha, xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham.

 

Faqatgina yurtimizdagi xususiy/nodavlat oliygohlar hamda xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishiga o‘qishni bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirish mumkin.

 

Lekin xorijdagi oliygohlardan bunday imkoniyat yo‘q. Xorijdagilar faqat mos va turdosh yo‘nalishga hamda test orqali o‘qishini ko‘chiradi.

 

Bundan tashqari, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirayotganda 99% holatda talaba bitta kurs pastdan o‘qishni boshlaydi. Chunki o‘quv rejasidagi fanlardagi farqlar soni ko‘p bo‘ladi. Ya’ni, 1-kursni xususiy oliygohda o‘qib tugatgan talaba bir martalik super-kontrakt uchun pulini to‘lab, davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirganda,  1-kursni yana qaytadan o‘qiydi, 2-kursdan davom ettirmaydi. Boshqacha aytganda 1 yil yo‘qotadi. Agar yuqori kurs bo‘lsa, unda 2-3 yil yo‘qotishi ham mumkin.

 

O‘qishni ko‘chirayotganda shunga alohida e’tibor berish kerakki, agar fanlardagi farqlar soni 4 ta va undan yuqori bo‘lsa, talaba bitta kurs pastga tushishi mumkin.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры