Talabalarning kontrakt toʻlovlarini toʻlash muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi

Talabalarning kontrakt toʻlovlarini toʻlash muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi

Adliya vazirligi Taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami: 2431-5, 21.11.2025-y.).

 

Unga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqish uchun toʻlov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

 

– toʻlov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

 

– toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

 

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi toʻlov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

 

Kontraktdan tushgan mablagʻlar xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka oʻtashlariga sarflanishi mumkin.

 

Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari oʻz talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam koʻrsatishi mumkin boʻladi.