Dunyodagi eng yaxshi 5 ta universitet

Dunyodagi eng yaxshi 5 ta universitet

Dunyoda ta’lim beruvchi dargohlar ko‘p. Quyida eng yaxshi 5 ta universitetlar va ularning mashhur bitiruvchilari bilan tanishasiz.

Dunyodagi eng yaxshi 5 ta universitet
Cambridge

5-o‘rin Kembrij universiteti (University of Cambridge) — Buyuk Britaniyaning eng mashhur va qadimiy universitetlaridan biri. 1209-yilda tashkil etilgan va oxirgi o‘nlab asrlar davomida bilim va tadqiqot markazi bo‘lib kelgan.

Kembrijning eng mashhur bitiruvchilari:

Isaak Nyuton (Fizika otasi),

Charles Darvin (Evolyutsiya nazariyasining asoschisi),

Steven Hovking (Teoretik fizik qora tuynuklar va koinotning kelib chiqishi bo‘yicha ishlari bilan tanilgan),

Jeyms Votson (DNK strukturasini ochgan).

Dunyodagi eng yaxshi 5 ta universitet
Harward

4-o‘rin Harvard universiteti — AQShning Boston shahrida joylashgan eng qadimiy va obro‘li universitetlardan biridir. 1636-yilda tashkil etilgan, Harvard dunyodagi eng yaxshi ta’lim muassasalaridan biri va u Amerikada faoliyat boshlagan birinchi universitetdir.

Harvardning mashhur bitiruvchilari:

Burak Obama (AQShning 44-prezidenti),

Mark Zukerberg (Facebook asoschisi va eng yosh milliarder ),

Jon Kenedi (AQShning 35-prezidenti).

Dunyodagi eng yaxshi 5 ta universitet
Massachusetts

3-o‘rin Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) AQShning Boston yaqinidagi Cambridge shahrida joylashgan va dunyodagi eng nufuzli texnologiya va muhandislik maktablaridan biri hisoblanadi. MIT 1861-yilda tashkil etilgan va ilm-fan, texnologiya, muhandislik, iqtisodiyot va boshqa sohalarda yuqori darajadagi tadqiqot va ta’lim bilan tanilgan.

MITning eng mashhur bitiruvchilari:

Ilon Mask (Tesla va SpaceX asoschisi),

Kofi Annan (BMTning 7- bosh kotibi),

Richerd Feynmen (Nobel mukofoti laureati).

Dunyodagi eng yaxshi 5 ta universitet
Stenford

2-o‘rin Stenford universiteti AQShning Kaliforniya shtatining Stanford shahrida joylashgan va dunyodagi eng nufuzli ta’lim va tadqiqot muassasalaridan biridir. 1885-yilda tashkil etilgan Stenford universiteti, ilm-fan, muhandislik, biznes, huquq va boshqa sohalarda yetakchi hisoblanadi. Universitet innovatsion tadqiqotlar, startup madaniyati va tadqiqot hamkorliklari bilan mashhur.

Stenford universitetining eng mashhur bitiruvchilari:

Larri Peyn va Sergey Brin (Google kompaniyasining asoschilari),

Reyd Hastings (Netflix asoschisi),

Piter Til (PayPal asoschisi).

Dunyodagi eng yaxshi 5 ta universitet
Oxford

1-o‘rin Oksford universiteti – Angliyadagi eng qadimgi va nufuzli universitetlardan biri. 1096-yilda tashkil topgan bu universitet, o‘zining sifatli ta’limi va tadqiqotlari bilan butun dunyoda mashhurdir. Oksford universiteti ko‘plab fakultetlar va tadqiqot markazlariga ega bo‘lib, ilm-fan, huquq, iqtisodiyot, siyosat va san’at sohalarida yetakchi hisoblanadi.

Oksfordning eng mashhur bitiruvchilari:

J.R.R. Tolkin («Hobbit» va «Uzuklar hukmdori» romanlari muallifi, maqola muallifining sevimli yozuvchisi),

Steven Hovking («A Brief History of Time» kitobi bilan tanilgan),

Oskar Vayld (Mashhur yozuvchi va dramaturg).

P.S.: Ushbu reyting Time Higher Education xalqaro reyting agentligi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.