Ertaga 14-iyuldan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining birinchi ya’ni, test bosqichi boshlanadi.
Imtihonlar 2 smenada bo‘ladi:
– birinchi smena – 8:00 dan 11:00 gacha
– ikkinchi smena 15:00 dan 18:00 gacha.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olib, binolarga kiritish jarayoni imtihon boshlanadigan vaqtdan 1,5 soat oldin boshlanadi.
Imtihonga kirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi yetarli. Testga suv, ruchka, qog‘oz va boshqa buyumlarni olib kirishga ruxsat berilmaydi.
Test sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinish imtihondan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!
Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga yangilangan haydovchilik guvohnomasi bilan ham imtihonga kirish mumkin.
Imtihonga abituriyent o‘ziga qulay bo‘lgan kiyimda borishi mumkin. Issiq havoda yengil, havo o‘tkazadigan matoli kiyimlar kiyib borish tavsiya etiladi.
Muhim! Abituriyent passportini almashtirgan yoki familiyasini o‘zgartirgan holatda ham testga kiritiladi. Bu borada hech qanday cheklov yo‘q.