Prezidentning 2025-yil 21-noyabrdagi (PF-226-son) Farmoni bilan Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining rektori lavozimiga tayinlandi.
Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich — sudya, dotsent, yuridik fanlar doktori. U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Prezidentning PF–141-son Farmoni bilan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
