Namanganda matematika fanidan qayta o‘tkaziladigan milliy sertifikat uchun imtihon sanasi e’lon qilindi

Namanganda matematika fanidan qayta o‘tkaziladigan milliy sertifikat uchun imtihon sanasi e’lon qilindi

Xabaringiz bor, 2025-yil 5-oktyabr kuni 1-smenada Namangan viloyatida matematika fanidan oʻtkazilgan test sinovi natijalari tahliliga koʻra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilgani uchun ushbu hududdagi 2025-yil 5-oktyabr kuni 1-smenada oʻtkazilgan test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17/1-bandiga asosan bekor qilingan edi.

 

2025-yil 23-noyabr kuni Namangan viloyatida matematika fanidan milliy sertifikat uchun imtihon o’tkazilishi belgilandi.

 

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar 5-oktyabrdagi imtihon uchun olgan ruxsatnomalari bilan kelishlari mumkin.

 

Test sinovi Namangan viloyati Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy manzilida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tadi.

 

Test sinovi 1 smenada o’tkazilib, talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida ertalab soat 7:30 dan 8:30 gacha kiritiladi.