Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari soni 845 tani tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2021/2022 o‘quv yiliga nisbatan 18 taga yoki 2,2 % ga oshgan.
O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari tarkibi quyidagicha:
— Kasb-hunar maktablari — 334 ta
— Texnikumlar — 272 ta
— Kollejlar — 147 ta
— Akademik litseylar — 92 ta
Avvalroq, Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etgan. Ularning 455 tasini nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari tashkil etganligi haqida xabar bergan edik.
