Anʼanaviy taʼlim shaklida tashkil etiladigan Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.
Kurslarga barcha oliy maʼlumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.
Hujjatlarni qabul qilish qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar hujjat topshirishda ID-karta (pasport), oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.
Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat oʻzbek guruhi uchun);
– toʻlov-kontrakt miqdori: 16 713 604 soʻm.
Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik maʼlumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega boʻladi.
Murojaat uchun: (98) 125-73-92, (99) 937-04-33

