Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 431-sonli buyrug‘iga asoslanib, o‘quvchi soni bo‘yicha quyidagicha Maktab maslahatchisi lavozimi uchun shtat birliklari ajratiladi:
➖300 nafargacha bo‘lsa — 0,5 birlik
➖301 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1,0 birlik
❗️Shuningdek, mazkur buyruqqa asosan o‘quvchi va sinf sonidan qat’i nazar, har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 1 (bir) shtat birligida ajratilishi belgilandi.
Quyidagi malaka tavsiflari orqali kimlar “Maktab maslahatchisi” bo‘lib ishlashi mumkinligi haqida bilib olishingiz mumkin:
Ma’lumot
Oliy, bakalavr diplomiga ega boʻlishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
Mutaxassislik
Pedagogika, psixologiya yoʻnalishi (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi davlat stipendiantlari gʻoliblariga mutaxassislik talab etilmaydi)
Mehnat staji
Talab etilmaydi
Kompyuter savodxonligi
Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi
Qoʻshimcha talablar
Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish; davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish ustuvorlik beradi.)
Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar Ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq: qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar; qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari boʻlgan shaxslar; psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas.
