Turli sabablarga ko‘ra pasportini yo‘qotib qo‘ygan abituriyentlar yangi ID-karta olgan holda bemalol testga kirishlari mumkin.
Bu haqda huquqshunos Xushnudek Xudoyberdiyev telegramdagi sahifasida ma’lumot berdi
Xabarga ko‘ra, abituriyentlar ruxsatnomadagi pasport seriyasi va raqami boshqa bo‘lsa ham muammo bo‘lmaydi. Asosiysi abituriyentning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi kerak. Bundan tashqari yangi pasport olganda seriya va raqam o‘zgarsa ham, lekin har bir shaxsning JShShIR (identifikatsiya) raqami o‘zgarmaydi, o‘sha orqali aniqlanadi.
Shundan kelib chiqib, abituriyent yangi ID-karta olsa ham, testga kira oladi. Hozirda ID karta olishga taxminan 1 kun vaqt ketadi.
Abituriyentlarga pasport yoki ID-kartasini ehtiyotlab qo‘yish, zarurat bo‘lmasa test kunigacha ishlatmaslik tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 14-iyuldan boshlanadi. Abituriyentlar imtihondan oldin test o‘tkaziladigan binolar bilan tanishishlari mumkin.