Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch davlat universiteti fakultet dekani S.K. fuqaro Z.Oʻ.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda oʻtkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan oʻtishiga amaliy yordam berishi evaziga 2 600 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (poraberish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.