Ma’lumki, joriy yildan boshlab imtihonlar “Avval test, keyin tanlov” tartibida bo‘lib o‘tmoqda.
Bugundan kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi, ya’ni, test topshirish boshlandi.
Bugun test topshirgan abituriyentlarning natijalari e’lon qilinadi. Barcha imtihonlar yakunlangandan so‘ng, abituriyentlarga tanlov imkoniyati boshlanadi.
Bunda abituriyentlar beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan istalgan yo‘nalishlarni va istalgan OTMlarni tanlashi mumkin.
Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin. UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilingan. Bu orqali abituriyentlarga tanlov fanlari orqali qaysi yo‘nalishlarga kirishi mumkinligini tahminiy bilib olish imkoniyati berilgan.
Shuningdek, abituriyentlar ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo’nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo’ladi. Masalan, 1 va 2-yo’nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo’nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo’qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
Abituriyentlar tanlov jarayonida tanlov ustuvorligini ham tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin.
Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.
Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o’qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
Abituriyentlar ruxsatnomasini @ruxsatnoma_uzbmb_bot orqali yuklab olishi mumkin.