Abituriyentlar imtihon topshiriladigan binolar bilan oldindan tanishishlari mumkin - Bilimni baholash agentligi - Ta’lim xabarlari
Abituriyentlar imtihon topshiriladigan binolar bilan oldindan tanishishlari mumkin – Bilimni baholash agentligi

Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

 

Abituriyentlar diqqatiga! Ma’lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

 

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

 

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda, shuningdek, @ruxsatnoma_uzbmb_bot orqali ham yuklab olish mumkin.

 

Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olib, chop etishi kerak bo’ladi.

 

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

 

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

 

Muhim! Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры