my.gov.uz portalida talabalar uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

my.gov.uz portalida talabalar uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

Talabalar uchun my.gov.uz portalida uyidan chiqmagan yoki ta’lim olishdan uzilmagan holda quyidagi xizmatlardan onlayn foydalanish mumkin:

 

1. O‘qish joyidan rasmiy ma’lumotnoma olish OTM, litsey yoki kasb-hunar muassasasidan zarur ma’lumotnomani – elektron shaklda va qisqa muddatda olish imkoni;

 

2. Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ijara to‘lovi kompensatsiyasi – oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun arizani shaffof va onlayn topshirish;

 

3. Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza – yotoqxonaga joylashish masalasini elektron navbat asosida rasmiylashtirish;

 

4. Hisoblangan stipendiya to‘g‘risida ma’lumot – hisoblangan stipendiyalar miqdori va davri haqida rasmiy tasdiqlangan ma’lumot olish;

 

5. Chet tilini bilish darajasini aniqlash – barcha fanlardan bilim darajasini aniqlash hamda milliy sertifikat olish uchun imtihonga ariza yuborish;

 

6. Xorijiy ta’lim hujjatlarini tan olish (nostrifikatsiya) – chet elda olingan diplomni O‘zbekistonda tan olish uchun rasmiy arizani masofadan yuborish;

 

7. Ta’lim hujjatlari dublikatini olish – yo‘qolgan davlat namunasi hujjatlarining dublikatini olishga rasmiy murojaat qilish;

 

8. Diplom ma’lumotlarini qo‘shish va tahrirlash – o‘rta maxsus va professional ta’lim diplomidagi ma’lumotlarni qo‘shish va tahrirlash bo‘yicha ariza yuborish.