Xabaringiz bor, joriy yilning 11-14-noyabr kunlari O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturi (PISA) Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) Bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi, PISA xalqaro tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyaxer nutq so‘zlagan.
U o‘z nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, quyidagicha ta’kidlagan.
‘‘Pisa dastlabki natijalari e’lon qilinganda ehtimol kutilgandek bo‘lmagandir. Natijalar ayrim muammolar borligini ko‘rsatdi. Biroq men boshqa hech bir davlatda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida shuncha katta sa’y-harakat safarbar etilganini ko‘rmaganman.
Mamlakat bo‘ylab sayohat qilsangiz, ta’lim haqiqatdan ham eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri aylanganini ko‘rasiz.
Odamlar bugungi O‘zbekiston maktablari ertangi iqtisodiyoti va jamiyatini shakllantirishini anglab turibdi.’’
Shuningdek, u pedagoglarga qaratilayotgan e’tiborga ham alohida to‘xtalgan.
‘‘O‘qituvchilik kasbining nufuzi ortib borayotganini ham yaqqol seziladi. O‘qituvchilar kelajak bunyodkorlari sifatida e’tirof etilmoqda. Bu esa konstitutsiyada ham o‘z ifodasini topgan’’ — deya ta’kidlaydi Andreas Shlyaxer.
