Joriy yilning 24–29-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan asosiy olimpiadaning hududiy bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Fan olimpiadalari markazi tomonidan yangi loyihaga start beriladi.
Tahlillar 2024-yilgi asosiy olimpiadaning hududiy bosqich topshiriqlari asosida 1-guruh fanlari bo‘yicha sinflar kesimida olib boriladi.
Ularni:
– Fan olimpiadalari markazining Fan kengashi a’zolari;
– o‘z yo‘nalishining yetuk malakali ekspertlari jonli tarzda taqdim etadi.
Maqsad – ishtirokchilarni hududiy bosqichga puxta tayyorlash, murakkab savollarni tahliliy fikrlash orqali osonroq o‘zlashtirish imkonini yaratish.
Loyihada barcha ishtirok etishi mumkin.
