Ertaga akademik litseylar uchun qabul yakunlanadi. Jarayon haqida asosiy ma’lumotlar

10-iyundan 9-sinf bitiruvchilaridan 2024-2025 o‘quv yili uchun akademik listeylar uchun hujjatlarni qabul qilish boshlangani haqida xabar bergan edik.

 

Jarayonlar ertaga 10-iyul kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi. Hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

 

Abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

 

– 3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

 

– o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

 

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak) va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

 

Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

 

Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

 

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar esa https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

 

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

 

To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

– IQ — 1.1*20 =22;

– 1-fan — 3.1*20=62;

– 2-fan — 3.1*20=62.

 

Akademik litseylarga kirish test natijalari tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlanadi. Ushbu tartibga ko’ra, abituriyent to‘plagan bali ustuvorligi asosida:

 

 

 

– u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

 

Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

 

– u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

 

Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

 

– u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

 

– u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры