Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan 2025-yil 2-yarim yillikning ingliz, nemis, arab, turk, ispan (B2, C1), xitoy (B2, C1), urdu (B2, C1), pushtu (C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 15-16-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Ushbu sinovlar uchun ro’yxatga olish 1-noyabrgacha, to’lov qilish esa 2-noyabrgacha davom etgan.
Quyidagi rasmda 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

