Xabaringiz bor, Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari 21-oktyabrdan boshlab davom etmoqda.
Endilikda pedagoglar malaka (test) sinovlarining birinchi bosqichida berilgan 40 ta savolning qaysilari mutaxassislik fanidan va qaysi birlari kasbiy standartlardan ekanligini alohida-alohida tahlil qilishlari mumkin.
🟩 – mutaxassislik fanidan berilgan savollar;
🟢 – kasbiy standartlardan berilgan savollar.
Buning uchun Shaxsiy kabinetdan malaka sinov natija ballari koʻrsatilgan joydagi “Batafsil” tugmachasini bosishlari kerak boʻladi.

