Endi ijara uyida yashovchi talabalar oyma-oy ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi bo’yicha my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
Xizmatdan qanday foydalaniladi?
my.gov.uz portaliga kiring:
– “Davlat OTM talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang;
– hujjat talab qilinmaydi — talabaning barcha ma’lumotlari avtomatik tekshiriladi.
To‘lov miqdori (ariza ma’lumotlari tasdiqlansa):
– Toshkentdagi talabalar — BHMning 1 baravari;
– viloyatdagilar — BHMning 0.5 baravari qaytariladi.
Arizalar har oyning 1–7 kunlari qabul qilinadi.
Avvalroq, Prezidentning 2025-yil 16-sentyabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–286-son qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha Yagona portal (my.gov.uz) orqali murojaat qilish imkoniyati yaratilishi haqida xabar bergan edik.
