Bloger Nikita Makarenko 9 yoshli bolakay sun’iy intellektning tayyor tizimlari asosida ishlovchi @GENT_GPT_UZ_bot yaratganligi haqida xabar qildi.
Shuningdek, huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ham o’z sahifasida ushbu botdan foydalanib ko’rganligini va ayrim kamchiliklarini aytmaganda bu 9 yoshli bola uchun ancha yaxshi natija ekanligini aytgan.
Botdan imtihon oldidan hayajonlanmaslik uchun nimalar qilish kerakligini so’radim, u bir nechta yaxshi maslahatlar berdi. Menga ayniqsa oxirgi gapi yoqdi:
‼️Esingizda bo’lsin, imtihon hayotning oxiri emas. U faqatgina sizning bilimingizni baholash uchun mo’ljallangan. O’zingizga ishoning va eng yaxshisini qiling! 😊
Smaylik ham qo’yib, motivatsiya ham beribdi 🙂
Lekin bot hozircha ayni kunlardagi yangiliklarni o’rganishi kerak ekan. Masalan, test qachon boshlanadi degan savolimga, “bilmayman, vazirlik saytini kuzating” deya javob berdi. Xuddi shu savolga ChatGPT 4o versiyasi to’g’ri javob berdi (lekin ChatGPT ijodiy imtihon kunlarini bilmas ekan) – deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.