2025-yil 23-oktyabr kuni Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda, Andijon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy diniy taʼlim berayotganlarga chek qoʻyilgan.
Ma’lum qilinishicha, 1983-yilda tugʻilgan, Andijon shahrida yashovchi V.X oʻzining yashash xonadonida jami 19 nafar voyaga yetmagan, maktab oʻquvchilariga noqonuniy diniy saboq berib kelganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro V.Xga 2025-yil 28-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, muqaddam shu turdagi huquqbuzarlikni sodir qilgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi bilan javobgarlik belgilangan.
Hozirda mazkur turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga Jinoiy javobgarlik, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning ota-onalariga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi 3 qismi bilan javobgarlikga tortilishi belgilangan.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasining ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan. Shunga koʻra Maxsus diniy maʼlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxslarga xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish Jinoiy javobgarlikni keltirib chikarishi belgilab kuyilgan.
