Kelasi yildan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlarining kontrakt to‘lovlari qisman qoplab beriladi

Kelasi yildan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlarining kontrakt to‘lovlari qisman qoplab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

 

Qarorga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi.

 

Ushbu yangilik 2026-yil 1-yanvardan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga kiritiladi.