Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi quyidagi sanalarda reja grafik asosida Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda:
— 1-guruh fanlari — 24-29-noyabr kunlari;
— 2-guruh fanlari — 1-3-dekabr kunlari.
Quyida olimpiada tashkil etilgan hududlardagi manzillar bilan tanishing:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Nukus shahar 24-sonli maktab;
Andijon viloyati — Andijon shahar 41-sonli maktab;
Buxoro viloyati — Buxoro shahar 44-maktab;
Jizzax viloyati — Jizzax shahar 30-sonli maktab;
Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 50-sonli maktab;
Navoiy viloyati — Navoiy shahar 7-sonli maktab;
Namangan viloyati — Davlataobod tumani 58-son maktabi;
Samarqand viloyati — Samarqand shahar 82-sonli maktab;
urxondaryo viloyati — Termiz shahar 9-sonli maktab;
Sirdaryo viloyati — viloyat «Barkamol avlod» bolalar maktabi binosida;
Toshkent viloyati — Nurafshon shahar 1-sonli maktabi;
Fargʻona viloyati — Farg‘ona shahar 47-sonli maktab;
Xorazm viloyati — Urganch shahar 17-sonli maktab;
Toshkent shahri — Yangihayot tumani 330-sonli maktabi.
Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta olimpiada o‘tkazilmaydi.
Eslatma: Jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin auditoriyaga kirish toʻxtatiladi. Kechikkan ishtirokchilar jarayonga kiritilmaydi.
Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon raqamga murojaat qilishingiz mumkin.
