Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish 15-noyabrgacha davom etadi.
Oliy ta’lim tashkilotining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari my.edu.uz platformasi orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining Respublika bosqichiga ariza topshirishlari mumkin.
Buning uchun my.edu.uz portaliga kiriladi, “Davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish” xizmati (bakalavr yoki magistratura yo‘nalishi bo‘yicha) tanlanadi hamda tegishli portfolio ma’lumotlarini to’ldirgan holda ariza yuboriladi.
Arizalar 15-noyabr (shu kuni ham) qabul qilinadi.
