Surxondaryoda sobiq maktab direktori o‘zini ustiga benzin quymoqchi bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat MMTB izoh berdi (video)

Surxondaryoda sobiq maktab direktori o‘zini ustiga benzin quymoqchi bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat MMTB izoh berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qumqoʻrgʻon tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi ekani aytilayotgan ayol benzin qoʻyib oʻzini yoqib yubormoqchi boʻlgan video tarqaldi.

 

Unda ayol yerda turgan benzinni olib ochmoqchi bo‘lganida atrofdagi o‘qituvchilar uni to‘xtatishga uringan.

 

Holat bo‘yicha Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

‘‘Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qumqo‘rg‘on tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuz bergan holat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi:

 

Mazkur maktab Arpapoya mahallasida joylashgan bo‘lib, u yerda 2010-yildan 2025-yil 16-sentabrgacha Z.A. direktor lavozimida ishlagan. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025-yil 16-sentabrdagi buyrug‘i bilan Z.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq bekor qilingan.

 

Shundan so‘ng, sobiq direktor yangi rahbar faoliyatini boshlashiga qarshilik ko‘rsatgan. 2025-yil 13-oktabr kuni maktabda tayinlov hujjatlari topshirilishi chog‘ida Z.A. tomonidan faol qarshilik bo‘lgan, biroq hech kim tan jarohati olmagan.

 

Boshqarma qaroriga ko‘ra, 39-sonli maktab rahbarligiga tegishli tartibda E.A. tayinlandi. Bugungi kunda maktabda o‘quv jarayoni barqaror holatda davom etmoqda’’, deyiladi xabarda.