Malaka sinovlarda qatnashishi belgilangan hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari 2025-yil 12-noyabr kuni soat 14:00 da (bir kunda) oʻtkaziladi.
Avvalroq, 12-noyabr kuni toifa sinovilarda umumtaʼlim maktablarining kimyo va fizika fanlari oʻqituvchilari ishtirok etishlari haqida xabar bergan edik.
Demak, bu degani 12-noyabr kuni umumtaʼlim maktablarining kimyo va fizika fanlari oʻqituvchilari hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglar uchun attestatsiya sinovlari bir kunda tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, sinovlarda ishtirok etuvchi pedagoglar:
– o‘zlariga biriktirilgan yordamchisi (biriktirilganligi to’g’risidagi buyruq hamda mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat bilan);
– shuningdek, tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.
