Buxorolik o‘quvchi IELTS 8 va SAT 1550 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Buxorolik o‘quvchi IELTS 8 va SAT 1550 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Buxoro tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulnoza Isomidinova xalqaro imtihonlarda IELTS da 8 ball, SAT da 1550 ballni qayd etdi.

 

Gulnoza Isomidinova ayni paytda ingliz tili va matematika fanlarini chuqur o‘rganib kelmoqda.

 

2025–2026-o‘quv yilida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining II tuman bosqichida ingliz tili fanidan maksimal 50 balldan 50 ball to‘plab, 1-o‘rinni egalladi hamda viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

 

IELTS 8 (C1)

 

Listening – 8.5

Reading – 8.5

Writing – 6.5

Speaking – 8

 

Avvalroq, Sirdaryoda 11-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari — Ubaydullaev Sultonbek IELTS xalqaro imtihonidan 7 ball, Axrorjonov Shohrux 7.5 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishgandi.

 

Namangan shahridagi 1- umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nigina Abdullayeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonida 8 ballik natijani qo‘lga kiritgan edi.

 

Shuningdek, IELTS dan 9.0 ballni qo’lga kiritgan 17 yoshli Nozima Qadamova haqida xabar bergan edik va u bilan bo’lib o’tgan suhbatni e’tiboringizga havola qilgan edik.