Joriy yilda barcha yoʻnalishlar uchun minimal oʻtish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan oʻqishga kirish imkoni boʻlmaydi. Bu haqda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov maʼlum qildi.
Keyingi yilda esa oʻtish bali yanada oshiriladi.
Joriy yilgi, yaʼni 2024-2025 oʻquv yili uchun oʻtish ballari:
– sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;
– boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.
Kelasi yili, yaʼni 2025-2026- oʻquv yili uchun oʻtish ballari:
– sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball;
– boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.