Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda malaka-sinov (attestatsiya) jarayonida berilgan savollar bo‘yicha turli fikr va munosabatlar bildirilmoqda.

 

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi  barcha fanlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganib, eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy tushuntirishlar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinishini ma’lum qilgan.

 

Jumladan,  ingliz tili fanidan 35 ta mutaxassislik fani va 10 ta pedagogik mahorat savollari bo‘yicha tahliliy izohlar taqdim etildi.

 

Unga ko‘ra:

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilingan ingliz tili fani spesifikatsiyasida nazarda tutilgan fonetika bo‘limi o‘qituvchilarning ohang, urg‘u, intonatsiya, ritm va imlo farqlari bo‘yicha fonetik va orfografik bilimlarini baholaydi.

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

Yuqorida berilgan jadvalda o‘qituvchilarning “fonetik va orfografik bilimlar” bo‘yicha aynan qaysi turdagi bilim-ko‘nikmalari tekshirilishi nazarda tutilgan. Taqdim etilgan spesifikatsiyaning mazmun sohasida keltirilgan 6-tartib raqamida berilgan jadvalda esa “fonetik va orfografik” bo‘limga tegishli aniq turdagi mazmun sohalarni ko‘rish mumkin: Principles of English spelling, speech sounds: vowels and consonants; stress, syllables, and intonation, phonetic transcription, articulation of sounds., phonetic and phonological contrast, classification of speech sounds (Ingliz tili imlosi va nutq tovushlari prinsiplari:unli va undosh tovushlar; urg‘u, bo‘g‘inlar va intonatsiya; fonetik transkripsiya,tovushlarni talaffuz qilish; fonetik va fonologik kontrastlar; nutq tovushlarini tasniflash).

 

 

1-savol: 30-31.10.2025 sanasida berilgan imtihon savollarining 1-savolida o‘qituvchining talaffuzdagi tovush (segment) va ohang-urg‘u (suprasegment) xususiyatlarini farqlay olishini hamda talaffuz, ritm va yozma bilimlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilishini tekshiradi. Misol uchun “ta-ble so‘zidagi kabi nutqning eng kichik ikki qismli bo‘lagini to‘g‘ri ifodalagan atama qaysi?” ko‘rinishidagi savol berilgan bo‘lsa, va javoblarda

A. utterance (ifodalanadigan fikr)

B. stress time (urg‘u)

C. syllable (bo‘g‘in)

D. homonym (omonim) kabi variantlar mavjud bo‘lsa, unda har bir javobni
tahlil qilib olamiz.

 

Demak, utterance so‘zi bir nechta so‘zlardan tashkil topib, umumiy ma’no (so‘zlovchining fikrini)ni ifodalashga xizmat qiladi va so‘ralgan javobga to‘g‘rikelmaydi.

 

Stress time — urg‘u asosida gapning urg‘u tushgan qismlari balandroq va urg‘u tushmagan qismlari esa qisqartirilib aytilishini bildiradi va savolda “nutqning eng kichik ikki qismli bo‘lagi”ni aniqlash so‘ralgani uchun ham bu javob to‘g‘ri kelmaydi.

 

Syllable – savolda misol tariqasida berilgan so‘z ta-ble bo‘g‘in ko‘rinishni anglatishi uchun uni ajratib yozilgani hamda “nutqning eng kichik ikki qismlibo‘lagi”ni ifodalagani uchun bu javob to‘g‘ri.

 

Homonym – ya’ni omonimlar talaffuzi bir xil, lekin ma’nolari turlicha bo‘lgan so‘zlar bo‘lgani uchun ham bu javob ham xato hisoblanadi. A2- B1

 

2-savol: O‘qituvchilarning so‘z urg‘ulari va ularning so‘z turini (ot yoki fe’l) ajratishdagi rolini tushunishini tekshiradi. Bu “Fonetik va orfografik bilimlar” bo‘limidagi muhim mavzulardan biri bo‘lib, misol tariqasida increase so‘zini
keltirish mumkin:

 

IN-crease – agar urg‘u so‘zning birinchi bo‘g‘iniga tushsa, ot so‘z turkumiga mansub, in-CREASE ko‘rinishida urg‘u so‘zning ikkinchi qismiga tushsa, fe’l so‘z turkumiga mansubdir. Ikkinchi turdagi savollar so‘z tariqasida emas, gap ichida yuqoridagi kabi ajratib berilgan:

 

A. The in-CREASE was large, but they hope to IN-crease profits.

B. The IN-crease was large, but they hope to in-CREASE profits.

C. The IN-crease was large, but they hope to IN-crease profits.

D. The in-CREASE was large, but they hope to in-CREASE profits.

Berilgan javoblarda yuqoridagi tahlilga asoslangan to‘g‘ri javob mavjud va B variantda berilgan. B1

 

3-savol: O‘qituvchilarning talaffuzdagi tovush (segment) va ohang-urg‘u (suprasegment) xususiyatlari haqidagi bilimlarini to‘liq baholaydi. Ularda unli va undosh tovushlarni tasniflash, schwa [ə], diftonglar, fonemalar, grafemalar va minimal juftliklar kiradi. Bu orqali o‘qituvchilar:

 

• Tovushlarni aniqlay olish va farqlay olishi;

• Ularning abstrakt ifodalarini tushunishi;

• So‘zlarni yozma bilimlari bilan bog‘lash qobiliyatini namoyon
qiladilar.

 

Kognitiv jihatdan talaffuzdagi tovush (segment) va ohang-urg‘u (suprasegment) xususiyatlari asosan “Bilish” bosqichiga tegishli bo‘lib, ingliz tilining fonetik tuzilmalari bo‘yicha ta’riflash va tushunishga qaratilgan. Misol tariqasida “nutq organlarida hosil bo‘lgan tovush og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrasa, bu tovush qanday nomlanadi?” ko‘rinishida savol berilsa, bu savolning javobi albatta undosh tovushi hisoblanadi va ingliz tilida undosh tovushi consonant deb nomlanadi. B1

 

4-savol: Bu savol turi xuddi 3-savol kabi davom etadi, undagi farq berilgan savolga mos ta’rifni topish talab etiladi. Masalan: What typically happens to vowels in unstressed syllables in English? (Ingliz tilida so‘zning urg‘u olmagan bo‘g‘inidagi unli tovush bilan nima sodir bo‘ladi?) Bu savolga javob esa —so‘zning shu qismi qisqarib o‘qiladi yoki tovush schwa [ə] shakliga o‘tadi.

 

Spesifikatsiyaning morfologiya bo‘limida quyidagicha talab keltirilgan:

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

Taqdim etilgan spesifikatsiyaning 6-tartib raqamida berilgan jadvaldagi “Morfologiya” bo‘limiga tegishli aniq turdagi mazmun sohalarni: basic components; free vs. bound morphemes; word formation; morphological processes; grammatical categories; morphological typology; morphological analysis – asosiy bo‘laklar, mustaqil qo‘llaniladigan morfemalar, mustaqil qo‘llanilmaydigan, boshqa morfema bilan birga keladigan morfemalar, so‘z yasash va yangi so‘zlar hosil qilish jarayoni, morfologik o‘zgarishlar va shakllanish jarayonlari, grammatik ma’no turlari (masalan: son, shaxs, zamon), tillarning morfologik tuzilish bo‘yicha tasnifini ko‘rish mumkin. B1

 

5-savol: Grammatik jihatdan to‘g‘ri berilgan javobni topish talab qilingan:

 

A. The invitation is printed on recycled paper.

B. The invitation is printed on recycled papers.

C. The invitation is printed on, recycled paper.

D. The invitation is printed on, recycled papers.

 

Bu javob variantlarida “taklifnoma qayta ishlab chiqarilgan qog‘ozga bosib chiqarildi” mazmunidagi gapni to‘g‘ri berilgan qatorni topish talab qilingan.

 

To‘g‘ri javob A variantda berilgan. B1

 

6-savol: “Majhul nisbatda to‘g‘ri berilgan gapni toping” mazmunida ko‘rsatma berilgan va xuddi 5-savol kabi bu savolda ham to‘g‘ri yozilgan gapni topish talab qilingan. B2

 

7-savol: Bu savolda berilgan gapni tushib qolgan qismiga qo‘shma otlarni mos turi berilgan javob topish talab qilingan:

 

The keynote finished with ____ that raised the room.

 

A. a ten minutes speech

B. a ten minute speech

C. a ten-minutes speech

D. a ten-minute speech

 

To‘g‘ri javob D variantda mavjud. B1

 

8-savol: Bu turdagi savolda berilgan gap qisqarganda otni to‘g‘ri ifodalab kelgan participle ishtirok etgan gapni toping, deyilgan:

 

Choose the sentence which best reduces the clause with a participle following the noun. The sandbags that were provided were insufficient.

 

A. The sandbags provided were insufficient.

B. The provided sandbags were insufficient.

C. The sandbags providing were insufficient.

D. The sandbags were provided insufficient.

 

Bu savolda to‘g‘ri javob mavjud bo‘lib, A variantda berilgan.

 

Spesifikatsiyaga ko‘ra, 9-12-savollar sintaksis bo‘yicha o‘qituvchilarning bilimini baholaydi va quyidagi jadvalda mazmun sohalari berilgan.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

Taqdim etilgan spesifikatsiyaning 6-tartib raqamida berilgan jadvaldagi “Sintaksis” bo‘limga tegishli aniq turdagi mazmun sohalarni — Basic elements; parts of speech in sentences; phrase structure; word order; sentence types; clauses: independent and dependent clauses; basic syntactic trees — Gapning asosiy unsurlari (ega, kesim va boshqalar), gap tarkibidagi so‘z turkumlari, sintaktik birikma tuzilishi, so‘zlarning tartibi, gap turlari (masalan: darak, so‘roq, buyruq), mustaqil va ergash gaplar (yakka holda gap bo‘la olmaydi) qamrab oladi. B2

 

9-savol: Bu savolda ega va kesimning moslashuvi turidagi savol berilgan va talabgordan ega va kesimni to‘g‘ri moslashtirilgan javobini topish so‘ralgan. B1-B2

 

10-savol: bu savolda berilgan umumiy mazmundagi neytral gap qismini rasmiy gap qismiga to‘g‘ri o‘tkazilgan turini topish so‘ralgan.

 

Masalan: “The time we will meet at” ko‘rinishidagi gap qismini rasmiy qismga o‘tkazish “The time at which we will meet” shaklida bo‘ladi. B1-B2

 

11-savol: bu savolda berilgan qo‘shma gapni sodda gapga to‘g‘ri o‘zgartirilgan javobni topish so‘ralgan. B1-B2

 

12-savol: Bu savolda inversion – berilgan gapni inversiyaga to‘g‘ri o‘tkazilgan javobni topish so‘ralgan.

 

Spesifikatsiyaning 13-16-savollari o‘qituvchilarning pragmatika fan sohasiga doir bilimlarini baholaydi va bu fan sohasida o‘qituvchidan berilgan gapning mazmunini anglash talab qilinadi.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

Yuqorida berilgan jadvalning davomi sifatida aniqroq yoritilgan va 6-tartib raqamida berilgan jadvaldagi “Pragmatika” bo‘limda Speech Acts; Implicature; Presupposition; Deixis; Context and Meaning; Politeness and face theory; Conversational Structure; Pragmatic competence; Cross-cultural pragmatics; Discourse and pragmatics (gap orqali bajariladigan harakatlar (masalan: so‘rash, buyurish, va’da berish), bevosita aytilmagan, ammo ma’noda tushunarli bo‘lgan ishora ma’no, nutqda oldindan mavjud deb qabul qilingan ma’lumot, deixis — “bu”, “u”, “shu yerda”, “o‘sha paytda” kabi vaziyatga bog‘liq ko‘rsatkichlar, ma’no kontekstga (vaziyatga) ko‘ra aniqlanadi, boshqaga hurmat, obro‘sini saqlash nazariyasi, suhbatning tartibi (navbat bilan gapirish, pauza,javob berish), nutqni vaziyatga mos tushunish va  olish ko‘nikmasi, turli madaniyatlarda nutq odoblari va ma’no berish usullari) kabi mazmun sohalarni ko‘rish mumkin. B2

 

 

13-savol: bu savol berilgan to‘rtta gapni ma’no jihatdan eng muloyim (hurmat bilan) ma’no beruvchidan odatiy holatda foydalanuvchi ketma-ketlikda joylangan qatorni topish so‘ralgan. B1-B2

 

14-savol: javoblarda berilgan savolga eng to‘g‘ri javob ifodalangan gapni topish talab qilingan. B1-B2

 

15-savol: grammatik mavzu qo‘shilmagan va faqat pragmatik mazmunga egabo‘lgan javobni topish nazarda tutilgan. B1-B2

 

16-savol: Bu savolda ikki kishining o‘rtasida bo‘lgan suhbat va birinchi odamning savoliga ikkinchi odamning javobidagi mazmunni to‘g‘ri ifodalagan qatorni topish so‘ralgan.

 

Sotsiolingvistika fan sohasi taqdim etilgan spesifikatsiyaning 17-20-savollarida aks etadi va unda til va madaniyatga doir bilim tekshiriladi. Bu turdagi savollar avval berilgan imtihon savollaridan o‘zgarmagan.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

6-tartib raqamida berilgan jadvaldagi “Sotsiolingvistika” bo‘limda Language and Society; Dialects and language varieties; Multilingualism and code switching; Language and identity; Language change; Language and gender; Language and power; Language attitudes; Language planning and policy; Sociolinguistic competence – tilning jamiyatdagi roli va ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi, lahjalar, shevalar, ijtimoiy va hududiy til shakllari, bir nechta tilda gapirish va nutq davomida tilni almashtirish, tilning shaxsning kimligi va ijtimoiy guruhiga bog‘liqligi, vaqt o‘tishi bilan tilning o‘zgarishi, erkak va ayol nutqidagi farqlar (ijtimoiy-lingvistik), tilning ijtimoiy kuch, hukmronlik yoki ta’sir vositasi sifatida ishlatilishi, odamlarning turli tillar yoki lahjalarga munosabati, davlatning til bo‘yicha siyosati (rasmiy til, ta’lim tili, terminologiya), vaziyatga, suhbatdoshga, madaniyatga mos gapira olish qobiliyati pedagoglarning yuqoridagi kabi bilim va ko‘nikmalari aniqlanadi. B1-B2

 

17-savol: bu turdagi savol avvalgi attestatsiya imtihonida berilgan va pedagoglardan berilgan so‘zlarni rasmiy, neytral, va norasmiy ketma-ketlikda to‘g‘ri ifodalagan javobni topish so‘ralgan. B2

 

18-savol: bu savolda murojaat turlarini farqlash, turli vaziyatlarda murojaat qilishning turlaridan foydalanish (vaziyatga, suhbatdoshga, madaniyatga mos gapira olish qobiliyati) kabi mazmun sohalar tekshirilgan. B2

 

19-savol: bu kabi savol avvalgi imtihonlarda ham pedagoglarga taqdim etilgan bo‘lib, o‘qituvchidan gazeta va jurnallarning sarlavhasida oddiy gaplarningifodalanishini qo‘llay olish ko‘nikmalari tekshirilgan. B2

 

20-savol: bu turdagi savol avval ham qo‘llangan va berilgan so‘z shaklini ijtimoiy va hududiy til shakllari ko‘rinishida farqlash nazarda tutilgan.

 

Leksikaga oid so‘zlar 21-26-savollarni o‘z ichiga oladi va fanning bu sohasida asosan so‘zlarning ma’nosi tekshiriladi.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

Yuqorida berilgan ta’rifga qo‘shimcha tarzda 6-tartib raqamida berilgan jadvaldagi “Leksika” bo‘limida Word formation processes; Lexical semantics; Collocations; Idiomatic language; Lexical fields and semantic fields; Register and style; Lexical borrowing; Neologisms and technological influence; Lexical variation and change; Dictionaries and corpus use (so‘z yasash usullari (affiksatsiya, qo‘shma so‘z, qisqartma va boshqalar), so‘z ma’nolari va ma’no munosabatlari (polisemiya, antonimiya, sinonimiya va h.k.), odatda birga ishlatiladigan so‘zlar: strong tea, heavy rain → quyuq choy, kuchli yomg‘ir; ko‘chma ma’noli iboralar, mazmun bo‘yicha guruhlangan so‘zlar (masalan: transport, ta’lim, tibbiyot), rasmiy / norasmiy nutq, uslubiy farqlar, boshqa tillardan kirgan so‘zlar (arabcha, ruscha, inglizcha so‘zlar), texnika va internet ta’sirida paydo bo‘lgan yangi so‘zlar, vaqt va hududga ko‘ra so‘zlarning o‘zgarishi yoki farqlanishi, lug‘atlar va matn korpuslaridan foydalangan holda tahlil qilish)ni ko‘rish mumkin. B2

 

21-savol: bunda yasama bo‘lmagan (ingliz tilida qo‘shimcha qo‘shilganda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan) so‘zni topish so‘ralgan. Ushbu savol spesifikatsiyada berilgan adabiyotdan chetga chiqmagan holda tuzilgan. B2. Misol uchun:

 

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

Bu savolda “Quyida berilgan so‘zlarning qaysi biri yasama emas?” deb so‘ralgan bo‘lib, to‘g‘ri javob C — “eatable” bo‘ladi. Chunki, “comparable”, “tolerable” va “refundable” — barchasi ingliz tilida to‘liq ishlatiladigan, standart so‘zlardir va ularga -able qo‘shimchasi qo‘shilganda ham ular javob variantlarida ko‘rsatilgani kabi shaklga ega bo‘ladi. “Eatable” so‘zi lug‘atda mavjud bo‘lsa ham, eat so‘ziga –able qo‘shimchasi qo‘shilganda esa edible ko‘rinishiga o‘tadi. Yuqorida aks etgan savol pegagoglarga taqdim etilgan spesifikatsiya asosida English Vocabulary in Use kitobining 146-sahifa “suffixes” mavzusida berilgan.

 

 

22-savol: bu savolda berilgan so‘zga to‘g‘ri keladigan ta’rifni topish so‘ralgan.B2

 

23-savol: bu savolda binominal (ikkita so‘z birgalikda bir ma’noni beruvchiso‘zlar) so‘zlar to‘g‘ri ifodalangan javob topish nazarda tutilgan. B2

 

24-savol: bu savolda idioma to‘g‘ri ifodalangan javobni talab qilinadi. B2

 

25-savol: make va do so‘zlari bilan hosil bo‘ladigan iboralar ishtirokida to‘g‘ri qo‘llanilgan javobni belgilash kerak. B2

 

26-savol: yozma va og‘zaki nutqda ifodalaniladigan kiritma so‘zlar (misol uchun: see above, leaving aside, with reference to, in conclusion)ning ishlatilish o‘rniga mos javobni topish nazarda tutilgan.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilingan ingliz tili fani spesifikatsiyasida nazarda tutilgan o‘qib tushunish ko‘nikmasini baholash bo‘limi o‘qituvchilarning “Matnni tahlil qilish jarayonida asosiy g‘oyalar, dalillar, matn tuzilishi, ohang, muallif maqsadi va nuqtayi nazarini aniqlash hamda berilgan axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushunish bilan birga kontekst asosida xulosa chiqarish” kabi ko‘nikmalarni tekshirishni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, turli matn turlarini (hikoya, tasviriy matn, bahs-munozarali matn, izohli matn) farqlash, lug‘at birliklarini kontekstda tushunish, matn ichidagi bog‘lovchi vositalarni (olmoshlar, bog‘lovchilar) aniqlash va mazmun, tarafkashlik hamda ishonchlilikni baholashda tanqidiy fikrlashni o‘z ichiga oladi. B2

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

27-savol: bu savolda berilgan matnning asosiy mazmuni nimada ekanligni aniqlash talab etilgan. B2

 

28-savol: bu savolda berilgan matn mazmunini umumiy ifodalovchi gapni topish so‘ralgan. B2

 

29-savol: bu savolda ajratib ko‘rsatilgan so‘zni berilgan matndagi ma’nosini aniqlash talab qilingan. B2

 

30-savol: bu savolda matnni mazmunini to‘ldiruvchi gapni topish nazarda tutilgan. B2

 

31-savol: bu savolda matntga ko‘ra ma’lumot bo‘lmagan va muallifning g‘oyasini ifodalovchi gapni topish so‘ralgan. B2

 

32-savol: bu savolda muallifning nazarda tutgan g‘oyasi/fikrini topish so‘ralgan. B2

 

33-savol: bu savolda muallifning o‘zi ifodalagan matnga uning munosabatini
topish so‘ralgan. B2

 

34-savol: bu savolda matnning turi (Problem – solution, Cause – effect, Chronological sequence, Classification)ni topish so‘ralgan. B2

 

35-savol: bu savol xuddi 27-savol kabi matnning umumiy mazmunini to‘g‘ri ifodalagan gapni topish nazarda tutilgan.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

Pedagogik mahoratga oid savollar:

 

1-savol: bu savolda formativ baholash, summativ baholash, Diagnostik baholash va darajalarga ajratish uchun baholash (placement assessment) kabi atamalarga to‘g‘ri ta’rif berilgan javob topish nazarda tutilgan.

 

2-savol: bu savol ham pedagogik bilimda keng tarqalgan atamalar (focus on form – grammatika, acquisition – tajriba oshirilishi natijasida ortirilgan bilimga ega bo‘lish)ga berilgan ta’rifni topishni nazarda tutadi.

 

3-savol: bu savol xorijiy til darslarida qo‘llaniladigan metodlarga berilgan vaziyatlar va shu metodlarning nomlanishini topish nazarda tutadi.

 

4-savol: bu savolda ham xuddi 38-savoldagi kabi dars jarayonida foydalaniladigan metodlar va ularning nomlanishini ko‘rish mumkin.

 

5-savol: bu savolda o‘quvchilarning dars davomida yo‘l qo‘yadigan nutqiy xatolariga misollar berilgan, bu misollarga yondashuvni ifodalash talab qilingan.

 

6-savol: bu savol sinfxona boshqaruvi mavzusini qamrab oladi va dars jarayonida turli shakldagi muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda o‘qituvchidan qanday yondashish kerakligi to‘g‘risidagi savollarni qamrab oladi.

 

7-savol: bu savolda o‘rganuvchilarning dars davomida yo‘l qo‘yadigan nutqiy xatolariga misollar berilgan va xatolarning qaysi turiga mansubligini topish talab qilingan.

 

8-savol: bu savol darsni tashkillashtirish va unga turli metod va yondashuv shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

 

9-savol: bu savol dars jarayonida sodir bo‘ladigan nutqiy xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash davri bilan bog‘liq.

 

10-savol: bu savol ham muammoli vaziyat bilan bog‘liq vaziyatda pedagog qanday optimal yechim topishi kerak.

 

 

Markaz pedagoglar fikri va takliflarini inobatga olgan holda, test savollarining sifati hamda baholash jarayonining shaffofligini yanada takomillashtirish ustida izchil ish olib borayotganligini eslatib o‘tgan.

 

Xususan, ingliz tili fanidan eng ko‘p savol kelib tushgan 5 ta savol bo‘yicha mutaxassislar tomonidan izohlar e’lon qilingan. Unga asosan,

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

ID 2952597181 raqamli savol compound nouns (qo‘shma otlar) mavzusida berilgan bo‘lib, unda a darts match javobi to‘g‘ri hisoblanadi. Buning sababi darts (kichik uchli o‘qlarni (dartlarni) devorga o‘rnatilgan maxsus dumaloq nishonga uloqtirib o‘ynaladigan sport o‘yini) so‘zi ko‘plikda ifodalansa-da, match so‘zi birlikda berilgan, bunda darts so‘zi match so‘zini izohlab kelgan.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

2952597266 savolida talabgordan berilgan gapni sarlavha ko‘rinishida qayta ifodalash so‘ralgan. Spesifikatsiyada berilgan “Vocabulary in use” kitobi,  204-sahifa: Bunda berilgan gapning qurilishi kelasi zamonga tegishli bo‘lsa, will so‘zini o‘rniga to so‘zi ishlatiladi.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

ID 2952597260 raqamli savol talabgordan berilgan gapni sarlavha ko‘rinishida qayta ifodalashni nazarda tutadi. Spesifikatsiyada berilgan “Vocabulary in use” kitobi, 204-sahifa: Bunda berilgan gapning ma’nosi zamonga tegishli bo‘lsa, is planning qismini o‘rniga to so‘zi ishlatiladi.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

ID 2912597194 raqamli savolda ega va kesimning moslashuvi to‘g‘ri ifodalangan javobni topish talab etilgan. Politics so‘zi agar bir fan yoki yo‘nalish ma’nosida ishlatilsa, birlikda qo‘llaniladi. Agar bu biror bir shaxsning nuqtayi nazari sifatida ifodalansa, ko‘plik shaklida ifodalanadi. Berilgan savolning javoblarida his so‘zini ko‘rish mumkin va bunda ma’no yo‘nalish emas, shaxsning fikri sifatida ifodalangan. Bunda politics so‘zidan keyin are so‘zi qo‘llanilgan javob to‘g‘ri.

 

Malaka sinovlarida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy izohlar taqdim etildi

 

ID 2962597143 raqamli savolda berilgan so‘zning urg‘u tushgan qismi to‘g‘ri ifodalangan javobni aniqlash so‘ralgan, agar Arabic so‘zi Arabian shaklida kelsa, urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushadi, agar Arabic so‘zining o‘zi nazarda tutilsa, urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi va shakli A-ra-bic.